//

Pfizer va BioNTech kompaniyalari COVID-19ga qarshi vaksina 90 foiz samara berganini bildirdi

1 daqiqada oʻqiladi

AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari birgalikda ishlab chiqargan COVID-19ga qarshi vaksina sinovning uchinchi bosqichida 90 foiz natija koʻrsatdi.

Kompaniyaning bu bayonotini AQSHning saylangan prezidenti Jo Bayden olqishladi. Shu bilan birga Bayden koronavirusga qarshi kurash boʻyicha 13 kishidan iborat maslahatchilar guruhi tuzilganini bildirdi.

Pfizer BioNTech kompaniyalari vaksinani sinovdan oʻtkazish davrida hech qanday muammolar paydo boʻlmaganini eʼlon qildi. Ular vaksinani tez orada AQSHda qoʻllashga ruxsatnoma olinishiga umid bildirdilar.

“Bugun ilm-fan va insoniyat uchun ulugʻ kun boʻldi”, – dedi Pfizer rahbari Albert Burla va vaksina 1 milliondan ortiq odamning umriga zomin boʻlgan koronavirusga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega boʻlishini taʼkidladi.

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti prezidenti bu yangilikni “umidbaxsh”, deb sharhladi.

Ayni paytda jahonda koronavirusga chalinganlar soni 50 milliondan oshdi. Bemorlarning 10 milliondan koʻprogʻi AQSHda.

Fikr bildirish

Latest from Blog