Peterburgdagi xunrezlik: AQSh fuqarosi tojikistonlikning koʻziga pichoq suqib oldi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida AQSh fuqarosi va tojikistonlik oʻrtasida janjal yuzaga keldi. Natijada, Tojikiston fuqarosi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Aniqlik kiritilishicha, mazkur hodisa 20-aprel kuni Kazanskaya deb nomlangan koʻchada joylashgan xostellarning birida yuz bergan.

“Mushtlashuv chogʻida 27 yashar amerikalik 32 yashar Tojikiston fuqarosini doʻpposlagan, soʻngra uning koʻziga pichoq suqqan”, — deyiladi xabarda.

Janjaldan soʻng jabrlanuvchi kasalxonaga olib borilgan.

Amerikalik esa politsiya boʻlinmasiga olib ketilgan. AQSh fuqarosining soʻzlariga koʻra, u Sankt-Peterburgda 2-aprel kunidan buyon yashab kelmoqda. AQShlikning Rossiyaga kirib kelishdan maqsadi ish topish va Rossiyada yashab qolish ekanligi aytilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog