Peterburgdagi portlash jabrlanuvchilari orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor


Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash oqibatida jabrlanganlarning 3 nafari xorijliklar. Bu haqda shahar gubernatori Georgiy Poltavchenko jurnalistlarga ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida Belarus, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari jarohatlangan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan. Ayni vaqtda jarohatlangan holda shifoxonada qolayotganlar barqaror holatda ekani aytilgan.

Bundan oldinroq Peterburgdagi portlashda jabrlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi, unda o‘zbekcha nomlar borligi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston TIV sayti hozircha bu borada ma’lumot bermadi.

 

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog