“Paxtakor” stadioni oʻrnida yangi stadion quriladi

“Paxtakor” futbol klubining stadioni buzib tashlanib, ikki yil ichida uning oʻrnida yangi stadion quriladi. Bu haqda klub prezidenti Bobur Shodiyevga asoslanib Podrobno.uz xabar qildi.

Foto: welcometouzbekistan.com

Shodiyevning soʻzlariga koʻra, yangi stadion 30 ming nafargacha muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. U eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan, mamlakatdagi usti toʻliq yopiluvchi ikkinchi stadionga aylanadi.

“Loyiha tayyorlab qoʻyilgan va yaqin orada hukumatga taqdim etiladi. Oʻylashimcha, ushbu loyiha qoʻllab-quvvatlanadi. Moliyaviy taʼminotimiz mavjud, loyihaning taxminiy qiymati aniq boʻlgan, hozirda texnik holatlar ustida ishlayapmiz”, – dedi Shodiyev.

U loyihaning qiymati haqida maʼlumot bermadi.

Klub matbuot xizmati esa “Paxtakor”2018-yil oxiriga qadar “Jar” sport majmuasini ijaraga olganini maʼlum qildi. Jamoaning asosiy mashgʻulotlari “Jar” stadionida oʻtkaziladi.

“Paxtakor” stadioni 1956-yilda qurib bitkazilgan boʻlib, unga 35 ming tomoshabin sigʻadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog