“Paxtakor” klubining chorakfinaldagi raqibi maʼlum boʻldi

Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichi Gʻarb mintaqasi uchun qurʼa tashlash marosimida “Paxtakor” klubining keyingi raqibi maʼlum boʻldi. Bu haqda klub telegram kanali xabar qildi.

Jamoalarni sharchalarga OFK musobaqalar va futbol boʻlimi direktori oʻrinbosari, oʻzbekistonlik mutaxassis Avaz Berdiqulov joylab chiqdi.

Qurʼa yakunlariga koʻra, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi chorakfinalda Eronning yana bir klubi “Persepolis” bilan toʻqnash keladigan boʻldi. Yarimfinalchini aniqlab beradigan oʻyin 30-sentabr kuni “Jassim Bin Hamad” stadionida boʻlib oʻtadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Ikkinchi juflikda Saudiya Arabistonining ikki klubi — “An-Nassr” va “Al Ahli” toʻqnash keladi va gʻolib jamoa yarimfinalga chiqadi. Ushbu bahs ham 30-sentabr kuni oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun, “Paxtakor” nimchorakfinalda ham Eron klubi bilan toʻqnash kelib, “Istiqlol” ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi. “Persipolis” esa Xavi murabbiyligidagi “As-Sadd”ni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog