“Paxtakor” chorakfinalga chiqib, 11 yil avvalgi natijasini takrorladi.

Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinali doirasida “Paxtakor” Eronning “Istiqlol” klubini (2:1) magʻlub etib, chorakfinalga yoʻllanma oldi.

Maʼlumot uchun, Toshkent jamoasi oxirgi marotaba 2009-yilda Osiyoning eng nufuzli turniri chorakfinal bosqichida toʻp surgan edi. Bu gʻalaba klubga 11 yildan buyon qayd eta olmagan natijani olib keldi. Bu haqda klub telegram kanalida maʼlum qildi.

“Paxtakor”ning chorakfinaldagi raqibi 28-sentabr kuni aniqlanadi. OCHLning chorakfinaliga chiqadigan yana ikki klubi bugun, 27-sentabr kungi oʻyinlardan keyin aniq boʻladi. Shundan soʻng, dushanba kuni Qatar poytaxti Dohada chorakfinal bosqichiga qurʼa tashlanib, juftliklar maʼlum boʻladi.

“Paxtakor” chorakfinal oʻyinini 30-sentabr kuni Dohadagi “Jassim bin Hamad” stadionida oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, hozirga kelib “Paxtakor” va Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi chorakfinal yoʻllanmasiga ega. Bugun yana ikki yoʻllanma uchun Eronning “Persipolis” va Qatarning “As-Sadd”, yana bir juftlikda Saudiyaning ikki jamoasi “Al-Taavun” — “An-Nasr” klublari kurash olib boradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog