Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima miqdori kamaytirildi

Pasport tizimi qoidalarini buzgan shaxslardan undiriladigan jarima miqdori o‘zgardi. Bu haqida Toshkent shahar IIB saytida ma’lum qilindi.

Foto: tutjdut.ru

Xabar berilishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravari miqdorida” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Shu sababli, pasport tizimi qoidalarini buzgan shaxslar yuzasidan undiriladigan jarima miqdorlari ushbu qonun talablari asosida amalga oshiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar