Foto: 1news.az

Pashinyan oʻz oʻgʻlini Ozarbayjondagi arman asirlariga ayirboshlashni taklif qildi

/

Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan tegishli davlat tuzilmalariga oʻgʻli Ashot Pashinyanni arman harbiy asirlariga ayirboshlashni Ozarbayjonga taklif qilishni buyurdi. “Men tegishli tuzilmalarimizga Ozarbayjon tomoniga rasmiy ravishda mening oʻgʻlim bizning mahbuslarimiz oʻrniga Bokuga asir sifatida borishga tayyorligini taklif qilish toʻgʻrisida koʻrsatma berdim”, — dedi u. Ashot Pashinyan oʻzining Facebookʼdagi sahifasida bunda qatnashishga tayyorligini yozdi.

Shuningdek, Pashinyan Ozarbayjonga Gegarkunik viloyatining Sotk-Xoznavar qismidagi qoʻshinlarni chegaradan olib chiqish va u yerda rus chegarachilarini joylashtirish toʻgʻrisida oʻz taklifini takrorladi. — TASS.

27-may kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bir guruh Armaniston harbiy xizmatchilarining mamlakat hududiga oʻtishga urinishi haqida eʼlon qilgan edi. Oʻshanda olti nafar askar asirga olingandi.

Latest from Blog