Foto: Memesita

Parlament spikeri Talant Mamitov Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajarishni boshladi

/

Prezident vazifasini bajarishni boshlagan parlament spikeri Talant Mamitov qirgʻiz xalqiga murojaat qildi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri, mamlakatning muvaqqat prezidenti Sadir Japarov prezidentlik saylovlarida qatnashishi sababli isteʼfoga chiqqandi. Shu munosabat bilan, Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident vazifasini bajaruvchi vakolatlari Joʻqorgʻu Kenges spikeri Talant Mamitovga oʻtdi.

Talant Mamitov oʻzining xalqqa murojaatida “xalqimiz koʻplab sinovlarni boshidan kechirgan, erkinlik va adolatni qadrlagan holda, qisqa vaqt ichida 5-6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan xalq gʻazabidan soʻng oʻtkir siyosiy inqirozni tinchlik bilan yengib, oʻzlarining birligini mustahkamlashini” taʼkidladi. “Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha qatʼiy qadamlar qoʻyilmoqda. Kichik va oʻrta biznesni himoya qilish va rivojlantirish boʻyicha ishlar kuchaytirildi. Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun profilaktika choralari koʻrilmoqda. Qirgʻiziston yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga tayyor“, deb ishontirdi hamda ”barcha xalqaro majburiyatlar, avvalgi ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlar va bitimlar toʻliq bajarilmoqda“ dedi.

Shu bilan birga, u “xalqning iltimosiga binoan konstitutsiyaviy islohotga tayyorlanayotganini” va hozirgi asosiy vazifa “2021-yil 10-yanvarga belgilangan prezident saylovlarini ochiq va qonuniy oʻtkazish” ekanligini esladi. “Barcha nomzodlar uchun teng sharoitlar yaratish orqali xalq irodasini erkin ifoda etishini taʼminlash kerak. Davlat rahbarining vazifalarini oʻz zimmamga olsam, men xalq va davlat oldidagi shaxsiy javobgarlikni his qilaman. Oʻzimning konstitutsiyaviy huquqlarim doirasida, prezident vazifasini bajaruvchi sifatida, men odamlarning tinch hayoti va mamlakat yaxlitligini himoya qilish uchun hamma narsani qilaman“, — deya vaʼda qildi Talent Mamitov “barcha fuqarolarni toʻsiq va qiyinchiliklarni yengishda oʻz hissasini qoʻshishga“ daʼvat etib.

Qirgʻizistonda 4-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlaridan soʻng, natijalar fuqarolar oʻrtasida norozilikni keltirib chiqardi. MSK saylov natijalarini bekor qildi va Prezident Sooronbay Jeenbekov 15-oktyabrda isteʼfoga chiqdi.

Konstitutsiyaga koʻra, uning vakolatlari parlament spikeriga oʻtishi kerak edi, ammo spiker ularni bajarishdan bosh tortdi. Natijada, 5-oktyabrdan 6-oktyabrga oʻtar kechasi qamoqdan ozod qilingan Bosh vazir Sadir Japarov davlat rahbari vazifasini bajaruvchi boʻldi.

Yangi davlat rahbarini saylash 2021-yil 10-yanvarga belgilangan. Prezident saylovida qatnashish uchun 63 kishi ariza hujjatlarini topshirgan, shulardan sakkiztasi ayollar, qolgan 55 nafari erkaklar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar