Parijda rossiyalik rejissyorni kaltaklashdi


Parijda rossiyalik hujjatli filmlar rejjisyori Yelena Surinani notanish erkak kaltakladi. Jonlantirish bo‘limida bir necha kunini o‘tkazgan ayol bu haqda REN TV telekanaliga xabar qildi.

Uning yuzi tanib bo‘lmas ahvolga tushgan.

Hodisa 31-mart kun kechki payt sodir bo‘lgan. Rejissyorni politsiya xozirgacha so‘roq qilmagan. U politsiya uchastkasiga 3-aprel kuni borish niyatida.

Surinaning do‘sti Ibragim Tsurayev NTV telekanlaiga bergan xabariga ko‘ra, rejissyorning qovurg‘asi, burni va jag‘i singan.

33 yoshli Yelena Surina – “Mime Sans Grime” qisqa metrajli hujjatli filmning muallifi. U Fransiya poytaxtida Rossiya madaniyatini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Latest from Blog