Parij markazida terakt yuz berdi


Fransiya poytaxti Parij shahridagi Yelisey maydonlari yaqinida qurollangan shaxs politsiya xodimlarini otib tashladi. Natijada bir politsiyachi halok bo’ldi, yana ikki nafari jarohat oldi. Ba`zi ma`lumotlarga ko‘ra, ikkinchi huquq-tartibot xodimi ham hayotdan ko‘z yumgan. Hujum qiluvchilardan biri kuch tuzilmasi xodimlari tomonidan o‘ldirildi, boshqasi esa yashirinishga muvaffaq bo‘ldi, u ayni vaqtda qidirilmoqda. Hodisa joyi o‘rab olingan.

Hodisa 20-aprel kuni kechki payt ro‘y bergan. Fransiya IIV rasmiy vakili Per-Anri Brandening xabar berishicha, jinoyatchi huquq-tartibot organlari xodimlarini aniq nishonga olishga harakat qilgan.

«Hujum qiluvchi patrul xizmati ekipaji mashinasi yoniga kelgan, avtomobildan tushgan va politsiya xodimlarini o‘qqa tutgan. Shundan so‘u yashirinishga harakat qildi, biroq yo‘q qilindi», – deya IIV vakili so‘zlarini keltiradi TASS.

Hujum uchun mas`uliyatni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog