Pandemiyaga qaramay Hindiston oʻzbekistonlik talabalarga stipendiya berishda davom etmoqda

Foto: Interfax.uz

2020-yilgi xalqaro moliyaviy inqiroz hamda mamlakatlar oʻrtasidagi chegaralarning yopilishiga qaramay Hindiston oʻzbekistonlik talabalar uchun stipendiya berishda davom etdi. Xususan, 2020-yilda ham oʻzbekistonlik Hindistonda taʼlim olishni istagan va oliy oʻquv yurtlarining talabasi boʻlish sharafiga ega boʻlgan yoshlar “General scholarships for UG/PG/ Ph.D” dasturi doirasida stipendiya olishdi. Bu haqda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi tashkil qilgan press-brifing davomida maʼlum qilindi.

Har yili oʻzbekistonlik talabalar Hindistonning yetakchi taʼlim muassasalarida oʻqish uchun “General scholarships for UG/PG/ Ph.D” dasturi doirasida 25 ta stipendiya olishadi. Shuningdek, mamlakatning AYUSH stipendiyalari, musiqa va raqs boʻyicha qisqa muddatli stipendiyalar va bir yillik hind tili kursi uchun yillik ikki stipendiyasi ham mavjud. Hindistonlik oʻqituvchi va olimlar Oʻzbekistondagi muassasalarga mehmon maʼruzachisi sifatida tashrif buyuradilar, shuningdek ilmiy tadqiqotlar va konferensiyalarda qatnashadilar.

2020-yil oktyabr oyida Hindiston madaniy aloqalar boʻyicha Kengashi (ICCR) boshchiligidagi Lal Bahodir Shastri nomidagi hind madaniyati markazi (LBSCIC) Oʻzbekistonda tashkil etilganligining 25 yilligini nishonladi.

Shu munosabat bilan tantanali tadbirlar LBSCIC-da madaniy dastur bilan boshlandi, unda Oʻzbekiston madaniyat vazirining oʻrinbosari Kamola Oqilova ishtirok etdi. Shu munosabat bilan, ICCR prezidenti doktor Vinay Sahasrabuddening videokonferensiya orqali tabrigi jonli efirda namoyish etildi, unda u LBSCICning hind-oʻzbek madaniy aloqalarini mustahkamlashga va hind klassik raqsi sohasida sifatli oʻqitishni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissasi haqida alohida toʻxtaldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog