Pandemiya davrida koʻplab davlatlar ayollarga oid masʼuliyatini bajarmagan

Pandemiyaga qarshi kurashishda hukumatlarning saʼy-harakatlarini kuzatib boradigan BMTning yangi ma’lumotlar bazasiga ko’ra, aksariyat davlatlar Covid-19 paytida ayollar va qizlarni yetarli darajada himoya qila olmayapti.

Foto: The Guardian

Jahon gender kuzatuvchisi 206 ta mamlakat va hududlarda ayollar va qizlarga nisbatan zo’ravonlikka qanday munosabatda bo’lish, eʼtibordan chetda qolgan ayol-qiz ishchilarni qo’llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash masalalarini ko’rib chiqdi.

Qirq ikki mamlakatda ushbu sohalarning birortasida ayollarni qo’llab-quvvatlash siyosati yo’q. Faqat 25 davlat uch toifada ba’zi tadbirlarni amalga oshirgan.

Buyuk Britaniya zo’ravonlikka duch kelayotgan ayollarni qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rgan, ammo uning rejasida ayollarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar koʻzlanmagan.

Shu oyning boshida BMT pandemiya va uning oqibati tufayli ayollar o’rtasida qashshoqlik darajasi 9,1 foizga o’sishini prognoz qilgandi. Iyul oyida esa McKinsey Global Institutining xabar berishicha, inqiroz ayollar bandligini erkaklarga nisbatan 1,8 baravarga kamaytirgan, ammo agar hozirda gender tengligi bo’yicha choralar ko’rilsa, kelgusi o’n yil ichida global yalpi ichki mahsulotga 13 million dollar (10 million funt) qo’shilishi mumkin.

“Covid-19 inqirozi mamlakatlar uchun mavjud iqtisodiy modellarni ijtimoiy adolat va gender tengligi ustuvor bo’lgan yangilangan ijtimoiy shartnomaga aylantirish imkoniyatini beradi”,- dedi dushanba kuni BMTning “Taraqqiyot dasturi” doirasida ayollar masalasi bilan shugʻullanuvchi vakili Axim Shtayner.

BMT “Taraqqiyot dasturi” direktori Mirjana Spoljaric Eggerning aytishicha, Covid-19 ta’sirini yumshatish bo’yicha hukumatlar tomonidan ko’rilgan ko’plab choralar “uzoq muddatli siyosatga aylanishi mumkin”.

Payshanba kuni BMT ayollari BMT Bosh assambleyasida 25 yil oldin belgilangan gender tengligi maqsadlarini amalga oshirishni baholash bo’yicha yuqori darajadagi yig’ilishni o’tkazadilar.
Mart oyida BMT ayollari tomonidan 170 mamlakat maʼlumotlaridan foydalangan holda chop etilgan hisobotga koʻra, ayollarning ko’pchiligiga erkaklarga qaraganda 16% kamroq ish haqi to’lanadi, har beshtadan bitta ayol o’tgan yil davomida oilaviy zoʻravonlikka duchor boʻlgan. Erkaklar parlamentdagi 75% o’rinni, 73% rahbar lavozimlarni egallaydi, shuningdek, ular iqlim bo’yicha 70% va tinchlik bo’yicha deyarli barcha muzokarachilik oʻrinlarini egallaganligi aniqlandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog