«O‘zpaxtasanoateksport» xoldingi tugatiladi

«O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tugatiladi. Prezidentning 17-oktabrdagi farmoni bunga guvohlik bermoqda.

Foto: UzA

Hujjatda qayd etilishicha, qaror paxta tozalash va yog‘-moy sanoati korxonalarini boshqarish tizimini yanada optimallashtirish va takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Farmon bilan bosh vazir o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya soha korxonalarini boshqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflarni tayyorlashi lozim.

«O‘zpaxtasanoateksport» kompaniyasi 2015-yilning kuzida «O‘zpaxtasanoat», «O‘zpaxtaeksport» va «O‘zpaxtayog‘» birlashmalari birlashuvidan tashkil etilgan edi.

Latest from Blog