Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi

Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» teleradiokanali direktorligidan ketdi. Bu haqda UZ24 oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Foto: MyDay

Xabarda aytilishicha, xonanda oʻz ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketmoqchiligini rahbariyatga maʼlum qilgan.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga qaraganda, u telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Ozodbek Nazarbekovni «Yoshlar» teleradiokanali direktori etib tayinlagan edi.

Oʻtgan haftada uning tashabbusi bilan tayyorlangan yangi teleloyiha efirga uzatilgandi.

Latest from Blog