Ozodbek Nazarbekov rahbarligidagi «Yoshlar» telekanali 20-iyul kuni yangi ko‘rsatuvni namoyish etadi

“Yoshlar” teleradiokanali direktori Ozodbek Nazarbekov telekanal faoliyati bilan bog‘liq ijodiy rejalari, loyihalari haqida ma’lum qildi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil Feysbukdagi sahifasida xabar qoldirdi.

Foto: Uzbekistan-online.uz

Unda yozilishicha, “Yoshlar” telekanalida bir qancha yangi teleloyihalar tayyorlanmoqda. Ulardan biri “Yoshlar qabulxonasi” ko‘rsatuvi bo‘lib, u Ozodbek Nazarbekov tashabbusidir. Ko‘rsatuvda uning o‘zi boshlovchilik qiladi. Ko‘rsatuv 20-iyul, payshanba kuni kechki dasturlarda ilk efir yuzini ko‘radi.

“Ushbu ko‘rsatuv bugungi kunda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga, ularning oldida turgan muammolarga, to‘siqlarga, qiyinchiliklarga bog‘ishlanadi. Viloyatlardan kelgan abituriyentlar qayerga joylashdi? Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qanday shart- sharoitlar yaratildi? Ularga qanday yengilliklar yaratishimiz kerak? Ko‘rsatuv tayyorlash jarayonida juda ko‘p abituriyentlar, institut xodimlari, Oliy ta’lim rahbarlari bilan bog‘landik, vazir o‘rinbosari bir qancha tanqidiy fikrlarimizga javob berdi”, – deydi telekanal rahbari Ozodbek Nazarbekov.

Shuningdek, xabar berilishicha, telekanalda respublikamizdagi mavjud partiyalar faoliyati, deputatlar, kadrlar tayyorlash jarayoni, kollej va maktab kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan muhokama va munozara shaklidagi ko‘rsatuvlar ham tayyorlanmoqda. O‘zbekistonning taniqli shaxslari, jumladan, Islom Karimov, Sharof Rashidovlarning hayoti va faoliyati haqida xikoya qiluvchi turkum filьmlar ham suratga olinmoqda. Qolaversa, “Kak statь millionerom?” (“Qanday qilib millioner bo‘lish mumkin?”), “Golos” (“Ovoz”) kabi mashhur ko‘rsatuvlarning xorijdagi mualliflari bilan, shu ko‘rsatuvlarning o‘zbekcha variantini tayyorlash borasida shartnomalar imzolanmoqda.

“Xullas, ijodiy rejalarimiz juda katta. Xudo quvvat bersa, bu loyihalarni albatta amalga oshiramiz… Menga ishonch bildirganliklari uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevdan juda minnatdorman”, – deydi Ozodbek Nazarbekov.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar