O‘zDJTSUda bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy imtihonlar yakunlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish kasbiy (ijodiy) imtihonlari yakunlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 3 sentabrdan boshlandi. Imtihonlar hududlar kesimida 16 sentabrgacha o‘tkazildi.

Belgilangan muddatlarda ayrim sabablarga ko‘ra qatnashmagan abituriyentlarga 17-18 sentabr kunlari kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishga ruxsat berildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etishi belgilangan 15 ming 5 nafar abituriyentdan 12 ming 444 nafari (83,2 %) ishtirok etdi. 2 ming 515 nafari esa (16,8 %) turli sabablarga ko‘ra imtihonlarda ishtirok etmadi.
Abituriyentlar o‘z natijalarini universitetining kasbiy (ijodiy) imtihon natijalar bazasi http://natija.uzdjtsu.uz/ sahifasi orqali bilib olishlari mumkin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog