/

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana qisqara boshladi, ammo unda oltin ulushi oshdi

Foto: Bloomberg

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 1-fevral holatiga ko‘ra 34,3 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Spot.

Ular 2020-yil oxirida keskin o‘sishdan so‘ng, yana qisqarishni boshladi. Ammo avvalgi oylardagi kabi oltin tufayli emas — aksincha, u 0,3 million troy unsiyaga oshdi. Bu, taxminan, to‘qqiz tonnani tashkil etadi.

Zaxiralar chet el valyutasi hisobiga qisqargan bo‘lib, u 700 million dollarga kamaygan.

Mamlakat zaxiralari hali ham zaif diversifikatsiyalangan — deyarli barchasi faqat ikki aktivda: monetar oltin (20,2 milliard dollar) va xorijiy valyutada (13,7 milliard dollar) saqlanmoqda. Ushbu muammoni AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olish orqali hal qilish rejalashtirilgan.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” sifatida qaraladi — ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

Ayni vaqtdagi zaxira miqdori 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 3 oylik ko‘rsatkichdan ancha ko‘pdir.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog