O‘zbekistonning madaniyati, milliy oshxonasi va sayyohlik salohiyati Londonda yangi formatda taqdimot qilindi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi qabulida madaniyat, milliy oshxona va turizmning eng yorqin qirralari namoyish etildi. Tadbirning asosiy mavzusi “Seven Wonders of Uzbekistan” – “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” deb nom oldi, deya xabar qildi Uz24 nashri.

Foto: Uz24

Buyuk Britaniya Qirollik Adabiyot Jamiyati o‘z vaqtida Samarqand shahrini zamonaviy “dunyo mo‘’jizalari” qatoriga “once in a lifetime experience”, ya’ni har kim hayotining eng unutilmas qismi sifatida tavsiya qilib kiritgan edi. Mavzu davomida Londondagi tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston elchixonasi, Britaniya – O‘zbekiston jamiyati va Dinara&Co. nashriyot uyi quyoshli diyorning yetti mo‘jizasiga o‘zgacha nigohni taklif qildilar.

Kechada 200 dan ortiq martabali mehmonlar — parlament a’zolari, britaniyalik diplomatlar, vazirlik, idora va turizm tashkilotlari vakillari, madaniyat va san’at namoyondalari hamda Buyuk Britaniyaning yetakchi OAV va nashriyotlari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Uz24

Tadbirning ochilish marosimida Londondagi O‘zbekiston elchixonasi maslahatchisi J.Safarov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan, Britaniya – O‘zbekiston jamiyatining raisi Shirin Akiner, Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari va taniqli yurist Xarli But qatnashdi.

Foto: Uz24

Bu kecha 2017-yilda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar qatoridan o‘rin oldi.

Mashhur o‘zbek oshpazi Bahriddin Chustiy tomonidan gastronomik namoyish kechaning markaziy qismlaridan biriga aylandi. Chustiy bir qozonda 7 xil taomlarni tayyorlab, jarayonni milliy oshxona taqdimoti mahorat darslari bilan boyitdi. Mehmonlar palov, do‘lma, manti, kabob, bedana-kabob, tuxum do‘lma va bulg‘ori do‘lma kabi taomlaridan bahramand bo‘ldilar. Shuningdek, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan bir necha xil somsa, kabob va vegetarian taomlar ulashildi.

Foto: Uz24

Gastronomik shou madaniyat, san’at va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonga xush kelibsiz” kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan “365 kun tarovati” kitobining taqdimot bo‘ldi.

Kecha davomida, shuningdek, mamlakatning sarmoyaviy, madaniy va sayyohlik salohiyati bilan xalqaro hamjamiyatni va mehmonlarni tanishtirish mo‘ljallangan yangi Visit Uzbekistan jurnalining birinchi soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Uz24

Dastur oxirida tashrif buyurganlar orasida o‘tkazilgan yutuqli lotereya g‘oliblari aniq bo‘ldi, yutuqqa O‘zbekistonga tashrif uchun MAK “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan taqdim etilgan London-Toshkent-London yo‘nalishi bo‘ylab 2 kishilik chipta sovg‘a qilindi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog