Aqtaudagi Bosh konsulxona. Foto: O‘zbekiston TIV

O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli tayinlandi

Atabek Tursinbekov Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi (Qozogʻiston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Yusup Kabuljanov xabar qildi.

A.Tursinbekov 1987-yilda Nukus shahrida tugʻilgan. 2009−2017-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017−2021-yillarda Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan.

Aqtau shahridagi bosh konsulxona 2019-yilda ochilgan boʻlib, uning konsullik okrugiga Qozogʻistonning Aqtoʻbe, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston va Mangʻistau viloyatlari kiradi.

Latest from Blog