Foto: Shutterstock

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi

/

Oʻzbekistonda 2021-yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam olishadi.

Shu yil fevraldagi prezident farmoniga binoan, Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qoʻshimcha va koʻchirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam boʻlmagan muddatga belgilanadi.

Avvalroq qabul qilingan boshqa bir farmonga koʻra, 2021-yil 21 va 22-iyul kunlari – ish haftasining turidan qatʼiy nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi.

Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17-iyul (shanba) va 24-iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21-iyul va 22-iyulga koʻchiriladi.

Har yillik mehnat taʼtilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam boʻlmasligi belgilangan.

Latest from Blog