Foto: Interfax.uz

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi

/

Dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risidagi prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil 2 va 3-sentyabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan. Shuningdek, 4 sentyabr barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi va bu uchun boshqa kuni ishlab berish shart bo‘lmaydi.

Shu tariqa, 2021-yilda ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 1-sentyabrdan 5-sentyabrgacha ketma-ket 5 kun dam olish kuni hisoblanadi.

Budjet tashkilotlarida 2021-yil 2 va 3-sentyabrdagi qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Xodimlarga mehnat ta’tili uchun to‘liq haq to‘lanadi.

Latest from Blog