Foto: amazon.com

O‘zbekistonliklar Amazon`da savdo qilishlari mumkin

/

Oʻzbekiston aholisi endi dunyodagi eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazonʼda savdo qilishlari mumkin. Bu haqda kompaniya platformasida sotuvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtishi mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxati yangilanganida maʼlum boʻldi.

Amazonʼda savdo qilish imkoniyati Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston uchun ham ochildi.

Amerika platformasida sotishni boshlash uchun oʻzbekistonlik tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtishlari, oʻz shaxsiy kabinetlarini oʻrnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qoʻshishlari, bank hisob-raqami va xalqaro toʻlov kartalarini ochishlari kerak.

Amazon (Amazon.com, Inc.) — bu dunyodagi eng yirik elektron tijorat va umumiy bulutli hisoblash platformasiga ega boʻlgan daromad hamda bozor kapitallashuvi boʻyicha Amerika kompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Sietlda joylashgan. Jeff Bezos tomonidan 1994-yil 5-iyulda tashkil etilgan.

Latest from Blog