O‘zbekistonliklar 9-may arafasida 3 kun dam olishadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-may kuni 6-may, shanba dam olish kunini 8-may, dushanbaga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

“2017-yil 6-may, shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may, dushanba kuniga ko‘chirilsin va ish kuni deb hisoblansin, 2017-yil 8-may, dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, — deyiladi qaror matnida.

Qaror “9 may — Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida” qabul qilingan, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Latest from Blog