O‘zbekistonlik uch talaba BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqdi

BMT tomonidan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan «Ko‘p til – bir olam» insholar tanlovida o‘zbekistonlik uch nafar talaba g‘olib chiqdi. Bu haqda BMT axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: UN Web TV

O‘zbekistonlik talabalar Nargiza Muxtorova, Sohib Saidov va Nigina Fayzullo qizi rus tilidagi insholar tanlovida g‘oliblar orasidan joy egallashdi.

Tanlovning birinchi bosqichida dunyoning 170 ta mamlakatidan 6 mingdan ortiq talaba qatnashdi. Ular o‘z insholarini BMTning rasmiy tillari – ingliz, arab, frantsuz, ispan, xitoy va rus tillarida taqdim etishdi.

Har bir til yo‘nalishida 10 tadan — umumiy hisobda 60 nafar g‘olib e’lon qilindi.

Tanlovning barcha g‘oliblari Xalqaro yoshlar forumida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar va Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi zalida so‘zga chiqdilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar