Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi axborot xizmati

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida rekordni yangilashdi

Livan poytaxti Beyrut shahrida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Mazkur Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik taekvondochilar rekordni yangilashdi. Bu haqda Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, uch kun davomida taekvondochilar qitʼa chempionligi uchun kurash olib borishdi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza jami 10 ta medalni qoʻlga kiritishdi. Bunga qadar Oʻzbekiston tarixida hech qachon bitta Osiyo chempionatida 10 ta medal qoʻlga kiritilmagan edi. Bungacha eng yaxshi natija 2018-yilgi musobaqada qayd etilgandi — 8 ta medal.

Qayd etilishicha, taekvondochilar oltin medal olish boʻyicha ham oʻz rekordini takrorlashdi. Bungacha oʻzbekistonlik taekvondochilar bitta Osiyo chempionatida maksimum 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritishgan. Bu 2014-yil Toshkentda oʻtgan qitʼa chempionatida sodir boʻlgandi.

Oʻzbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatlarida qancha medal olishgan:

  • 2004 — 1ta bronza
  • 2006 — yoʻq
  • 2008 — 1ta bronza
  • 2010 — 2ta kumush, 4ta bronza
  • 2012 — 1ta kumush, 2ta bronza
  • 2014 — 3ta oltin, 3ta bronza
  • 2016 — 1ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza
  • 2018 — 2ta oltin, 1ta kumush, 5ta bronza
  • 2021 — 3ta oltin, 1ta kumush, 6ta bronza

Latest from Blog