O‘zbekistonlik sobiq feldsher Rossiyaning “Pesni” loyihasini zabt etmoqda (video)

O‘zbekistonlik yosh aktyor, qo‘shiqchi va sobiq feldsher Oleg Ternovoy Rossiyaning “TNT” telekanalidagi “Pesni” (“Qo‘shiqlar”) shousida keyingi bosqichga o‘tdi, deb yozadi News Mail.Ru.

Foto: Sputnik

Olegning o‘zi aytishicha, u hozirda San’at va madaniyat institutining so‘nggi bosqichida o‘qiydi, parallel tarzda O‘zbekistondagi rus akademik drama teatrida bir nechta rollarni o‘ynaydi. Bungacha u “tez yordam”da oddiy feldsher bo‘lib ishlagan.

Oleg birinchi bosqichda Hype qo‘shig‘ini ijro etdi. Hakamlarning uchalasi ham — Maksim Fadeyev, Timati va Garik Martirosyan Olegning keyingi bosqichga o‘tishiga rozi bo‘ldi.

Qattiq saralashdan keyin 20 nafar ishtirokchi realiti shouda qatnashadi. Unda tomoshabinlarning eng ko‘p ovozlarini to‘plagan ishtirokchi 5 million rublni qo‘lga kiritadi. Shou prodyuserlari Maksim Fadeyev va Timati o‘zlariga ma’qul tushgan qo‘shiqchilar bilan shartnoma tuzadi.

Latest from Blog