O‘zbekistonlik otaxon Nyu-York shahrida qidiruvga berildi

AQShning Nyu-York shahrida politsiya va ko‘ngillilar guruhi bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi Sobir Ahmedovni qidirmoqda. Otaxon 1958-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u AQShga qarindoshlarini yo‘qlab kelgan, deya xabar berdi «O‘zbekiston 24» ForumDaily’ga tayanib.

Foto: O‘zbekiston 24

Aniqlanishicha, toshkentlik fuqaro Amerikadagi qizining oldiga uchib borgan. Aeroportdan taksiga o‘tirib, Chayna Taundan Ogayo shtatiga chipta sotib olish uchun avtobus bekatigacha kelgan. Avtobusni kutish vaqtida sayrga chiqishni xohlab qolgan va bedarak yo‘qolgan.

Hozirda Sobir Ahmedov Nyu-York shahrida rasman qidiruvga berilgan.

Latest from Blog