O‘zbekistonlik erkin kurashchilar Parijga jo‘nab ketdi

21-avgust kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

Foto: olympic.uz

Sport mavsumining eng nufuzli musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi ham ishtirok etmoqda.

Avvalroq, ya’ni 18-avgust kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston delegatsisi Fransiyaga yetib borgandi.

Shuningdek, 22-avgust kuni erkin kurash bo‘yicha tashkil topgan tarkib ham Parijga yo‘l oldi.

Olimjon Hikmatov va Aleksandr Nedorezovlar boshchiligidagi terma jamoa tarkibida Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navro‘zov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) hamda David Modzmanashvili (125 kg) O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi.

Erkin kurash bo‘yicha musobaqalar 24-avgustdan boshlanadi. Ungacha esa jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar