O‘zbekistonlik 40 nafar yirik biznesmen Tojikistonga boradi

Keyingi haftada Tojikistonga bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi hukumat iqtisodiy bloki delegatsiyasi tashrif buyuradi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Foto: ASIA-Plus

Tarkibiga rasmiy hokimiyatning 17 vakili hamda biznes davralarining 40 nafar yirik namoyandasi kiradigan delegatsiya 20-iyun kuni Tojikiston poytaxtiga yetib kelishi kutilmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.

Ikki kun davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari borasida muzokaralar olib boradi.

Mazkur muzokaralarda Tojikiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Davlatali Said boshchilik qiladi. 21-iyun kuni Dushanbeda biznes-forum o‘tkaziladi.

Latest from Blog