Foto: Interfax.uz

O‘zbekistonga Yaponiyadan 334 mln dollarlik qarz jalb qilinadi

/

Jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston byudjetini moliyalashtirish uchun Yaponiyadan taxminan 334 mln dollarlik qarz jalb qilinadi.

Qarz mablag‘lari quyidagi shartlarda olinadi:

O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi bo‘yicha – 15,0 mlrd.yapon yenasi miqdoridagi mablag‘larni 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;

Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha – 195,0 mln. AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarz mablag‘lari O‘zbekiston respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Latest from Blog