O‘zbekistonga xorijdan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilindi

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 5,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilingan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 mln AQSH dollari kam sarflangan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 26 ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln), Koreya (820 ming), Qozog‘iston (435,6 ming) va 87 ming AQSh dollari bilan Germaniyani ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019-yilda qiymati 946,3 mlrd so‘mlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog