Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 40 ming dozali 1-komponenti olib kelindi

/

5-iyul kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 40 ming dozali 1-komponenti olib kelindi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, 1-iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozali 1-komponenti, 10-iyunda 70 ming dozali 2-komponenti aprel oyida esa ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgandi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Shunday qilib, mamlakatdagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekistonda jami vaksina zaxirasi 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.

Latest from Blog