O‘zbekistonga “Rus gumanitar missiyasi” tashkiloti bosh direktori Yevgeniy Primakov tashrif buyurdi

3-iyul kuni O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi, “Rus gumanitar missiyasi” tashkiloti bosh direktori Yevgeniy Primakov tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: kp.ru

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevgeniy Primakov bilan muloqot qildi. Unda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining ba’zi masalalari madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Foto: TIV matbuot xizmati / Anvar Ilyosov

Yevgeniy Primakov o‘zining O‘zbekistonga tashrifi dasturi to‘g‘risida so‘zlab berdi. Dasturga ko‘ra Savdo-sanoat palatasi, Amir Temur Xalqaro jamg‘armasi, “O‘zbekiston-Rossiya” do‘stlik jamiyatida uchrashuvlar o‘tkazish hamda qator obyektlarda bo‘lish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Latest from Blog