Ummon Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi O‘zbekistonga keladi


2017-yilning 19-aprel kuni O‘zbekistonga Ummon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uch kunlik tashrif davomida Ummon delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tomonidan qabul qilinadi hamda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi savdo vazirligida ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar