O‘zbekistonda xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan 990 ta obyekt uchun 16,4 ming yangi ish o‘rni yaratuvchi loyihalar ishlab chiqildi

Davlat raqobat qo‘mitasi Hay’atining joriy yilning 30-mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi video-selektor tarzida o‘tkazilib, unda Qo‘mitaning barcha hududiy boshqarmalari o‘z joylaridan ishtirok etdilar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevralda “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

O‘tkazilgan hatlov natijasida bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha avval xususiylashtirilgan jami 27 mingdan ziyod obyekt ro‘yxati shakllantirilib, ular orasida 2000 dan ortiq bo‘sh turgan obyekt aniqlandi.

Hozirda ushbu bo‘sh turgan obyektlarning 990 tasining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, ular negizida jami 1,9 trillion so‘m miqdoridagi 16,4 ming yangi ish o‘rni yaratilishini ko‘zda tutuvchi 724 ta manzilli investitsiya loyihasi ishlab chiqildi.

Latest from Blog