O‘zbekistonda tabiiy gazni sotish xususiylashtirilmoqda


Toshkentda va hududlarda gaz ta’minoti ob’ektlarining bir qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlarning vakolatli boshqaruviga o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 20-apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi «Gazeta.uz».

Sinov loyihasi doirasida Toshkentda xususiy operatorga Bektemir tumanining «Bektemirtumangaz» tuman ekspluatatsiya xizmati ob’ektlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Qoraqalpog‘istonda «Kegeylitumangaz», Andijon viloyatida «Shahrixontumangaz», Buxoroda — «Kogontumangaz», Jizzaxda — «Zomintumangaz», Qashqadaryoda — «Qarshitumangaz», Navoiyda — «Qiziltepatumangaz», «Namanganda — «Namangantumangaz», Samarqandda — «Narpaytumangaz», Surxondaryoda — «Jarqo‘rg‘ontumangaz», Sirdaryoda — «Yangiershahargaz», Toshkentda — «Yangiyo‘ltumangaz», Farg‘onada — «Oltiariqtumangaz» va Xorazm viloyatida esa «Yangiariqtumangaz» filiali ob’ektlari vakolatli boshqaruvga o‘tadi.

Vakolatli boshqaruv 1-iyundan joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Xususiy operatorlar tanlov bo‘yicha saralab olinadi. Ular uchun gaz savdosi hajmining 21 foizidan ko‘p bo‘lmagan komissiya mukofoti ko‘zda tutilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar