O‘zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa taklif etiladi

O‘zbekistonning UzMobile milliy operatori chet ellik sayyohlar uchun maxsus tariflarni ishlab chiqdi, deb yozadi UzDaily.

Foto: AzerNews

Tarif 30 kun foydalanish uchun mo‘ljallangan, unga muloqot uchun daqiqalar va internet trafigi kiritilgan.

Simkartaga qo‘shimcha ravishda kichik brelok beriladi, uni kalitga biriktirib qo‘yish va istalgan lahzada o‘z mobil aloqa raqamini bilib olish mumkin.

Sayyohlik simkartalarini sotish bo‘yicha servis aeroportlarda, avtovokzallarda va ommabop sayyohlik joylarida ishlaydi. Ro‘yxatga olish pasport bilan amalga oshiriladi.

Mobil operator, shuningdek, ikki turdagi telefonlarni yoki mobil routerni ijaraga berish xizmatini ham taqdim etadi.

Latest from Blog