O‘zbekistonda Quvayt TIV delegatsiyasi qabul qilindi

2017-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Quvayt Davlati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon al-Saidni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizamti xabar berdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Quvayt o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda davlatlararo muloqotni konstruktiv va o‘zaro manfaatli asoslarda yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

“O‘zbekistonga Quvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid as-Sabahning bo‘lajak tashrifi, Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi va boshqa ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi”, – deyiladi xabarda.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Quvayt vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Quvayt Elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog