O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 1-sentabrda nishonlanadi

2017-yil 1-sentabr O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami deb e’lon qilindi. Bu bo‘yicha 24-avgust kuni Prezident qarori imzolandi.

Foto: Advantour

Qarorda respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.

Latest from Blog