O‘zbekistonda “Pejo Sitroen” avtomobillari ishlab chiqariladi

“Pejo Sitroen” va “O‘zavtosanoat” AK tomonidan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, Toshkendan 200 km uzoqlikdagi hududda yangi Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive korxonasi quriladi. Zavod Peugeot va Citroyon brendlari ostida yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi, deb xabar tarqatdi “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati.

Foto: “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Ustav kapitali 30 mln yevroga teng qo‘shma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha bo‘yicha umumiy investitsiya qariyb 130 mln yevroga teng.

“Pejo Sitroen” gruppasi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishda va mutaxassislar malakasini oshirishda ko‘mak ko‘rsatadi. Zavod ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sifati, yetkazib berish va savdo masalalarida “Pejo Sitroen”ning zamonaviy tizimi bo‘yicha ish olib boradi. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilish yo‘li bilan birinchi yilning o‘zidayoq yangi qo‘shma korxonada 50% mahalliy mahsulotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Qurilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma korxonada yiliga 16 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi hamda uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog