Foto: Public Service Alliance of Canada

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 50 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

/

O‘zbekistonda 11-may kuni jami 50 581 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 17 020 nafari birinchi bosqichda, 33 561 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda emlangan.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1 173 978 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 116 884 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 057 094 kishini tashkil etmoqda.

10-may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Farg‘ona viloyati (8773 doza),
  • Andijon viloyati (7651 doza),
  • Namangan viloyati (7571 doza) band qildi.

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 147 963 doza,
  • Andijon viloyatida 147 827 doza,
  • Namangan viloyatida 130 420 doza,
  • Samarqand viloyatida 109 186 dozani tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-maydan O‘zbekistonda vaksinatsiyaning ikkinchi oyi boshlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda vaksina olgan biror bemorda koronavirus aniqlanmadi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayevaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni har yili o‘tkazilishi mumkin.

Latest from Blog