Foto: Interfax.uz

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 314 kishida koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekistonda 3-may kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 314 ta yangi holat ro‘yxatga olindi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92 320 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 8 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 188 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘tgan bir sutka ichida, Qoraqalpog‘istonda 10 nafar, Buxoroda 8 nafar, Jizzaxda 7 nafar, Navoiyda 4 nafar, Namanganda 14 nafar, Samarqandda 51 nafar, Farg‘onada 6 nafar, Xorazmda 6 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88 258 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 655 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanyapti.

Latest from Blog