Foto: Toronto Star

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 251 kishida koronavirus tasdiqlandi

/

O‘zbekistonda 14-may kuni yana 251 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 13-may kuni 291 nafar, 12-may kuni 359 nafar, 11-may kuni 395 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 26 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 28 nafari Toshkent viloyatida,
  • 168 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 96 368 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Buxoroda 3 nafar, Qashqadaryoda 5 nafar, Navoiyda 4 nafar, Namanganda 4 nafar, Samarqandda 153 nafar, Farg‘onada 6 nafar, Toshkent viloyatida 35 nafar, Toshkent shahrida 114 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 91 831 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og‘ir, 69 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Latest from Blog