Foto: The Nizh Telegram

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 24 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi

/

O‘zbekistonda 1-iyun kuni jami 66 905 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 24 405 nafari birinchi bosqichda, 41 712 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda hamda 788 nafar fuqaro esa uchinchi bosqichda emlangan.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 2 136 423 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 1282 dozasi uchinchi va 755 951 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 379 190 kishini tashkil etmoqda.

1-iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Toshkent shahri (10 562 doza),
  • Andijon viloyati (7288 doza),
  • Namangan viloyati (6993 doza) band qildi.

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni

  • Farg‘ona viloyatida 275 517 doza,
  • Namangan viloyatida 251 223 doza,
  • Andijon viloyatida 242 319 dozani tashkil qilmoqda.

Latest from Blog