Foto: Interfax.uz

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 223 kishida koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekistonda 16-may kuni yana 223 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 15-may kuni 302 nafar, 14-may kuni 251 nafar, 13-may kuni 291 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 23 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 107 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 96 893 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qashqadaryoda 8 nafar, Namanganda 5 nafar, Samarqandda 51 nafar, Surxondaryoda 3 nafar, Farg‘onada 8 nafar, Toshkent viloyatida 23 nafar hamda Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92 303 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 670 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3920 nafar bemor davolanyapti.

Latest from Blog