Foto: Cancer Therapy Advisor

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida salkam 50 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi

/

O‘zbekistonda 24-iyun kuni jami 79 079 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 49 677 nafari birinchi bosqichda, 14 836 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda hamda 14 566 nafar fuqaro uchinchi bosqichda emlangan.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 3 114 863 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 112 083 dozasi ikkinchi va 168 550 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 834 230 kishini tashkil etmoqda.

24-iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Namangan viloyati (15497 doza),
  • Toshkent shahri (9837 doza),
  • Samarqand viloyati (6804 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Namangan viloyatida 374 330 doza,
  • Farg‘ona viloyatida 362 002 doza,
  • Andijon viloyatida 351 600 dozani tashkil qilmoqda.

Latest from Blog