O‘zbekistonda og‘irligi 6 tonna bo‘lgan palov tayyorlandi

17-avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Milliy telekanali tashabbusi bilan O‘zbekistonda eng katta palov tayyorlandi. Ekspertlarning qayd etishicha, rekord miqdordagi ushbu taomning og‘irligi 6 tonnani tashkil etdi. Bu haqda Uz24 nashri xabar bermoqda.

Foto: Uz24

Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bo‘lgan qozonda pishirildi. Ushbu qozon Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mazkur tadbir uchun maxsus quyib tayyorlangan. Qozonning umumiy og‘irligi 7 070 kg, chuqurligi 1 metr. O‘choqning og‘irligi esa deyarli 3 tonna.

Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 826 kg mol go‘shti, 825,5 kg qo‘y go‘shti, 195 kg dumba va eng asosiysi, 1 650 kg guruch qozonga solindi. Shuningdek, 2 400 kg sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr o‘simlik yog‘i, 480 kg tuz ham ishlatildi hamda 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg no‘xat va 3 kg qora murch bilan palovning ta’mi rostlandi.

Foto: Uz24

Ushbu palovni tayyorlash uchun O‘zbekistonning 50 dan ziyod mahoratli oshpazlari jam bo‘lishdi. Ular taomni 2 metrli kapgirlarda aralashtirib, suzishdi.

Tayyor taom tadbir mehmonlari hamda Olmaliqning 22 mingdan ziyod aholisiga tarqatildi.

Umumiy hisobda mega palovni tayyorlash, tarqatish – tashkilotchilik ishlarida 150 kishi hissa qo‘shdi.

Milliy telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bu tadbir dunyodagi eng katta palovni tayyorlash oldidan repetitsiya jarayoni edi. O‘zbekistonda tayyorlangan eng katta palov bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatish va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritish uchun rasmiy urinish shu yilning 8 sentyabrida Milliy telekanalining 1 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “O‘zbegim” an’anaviy madaniyat festivali doirasida bo‘lib o‘tadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar