O‘zbekistonda nechta monopoliya sub’yekti borligi ma’lum qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestridagi korxonalar roʻyxatini eʼlon qildi.

Foto: GMK Center

2020-yil 1-aprel holatiga tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha 136 ta xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatga olingan.

Reyestrning respublika boʻlimiga “Urgenchtransgaz” UK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Maxsusenergogaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Damxoʻja mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Toshkent viloyati Chimgan-Chorbogʻ rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Oʻzaeronavigatsiya” DUK kirgan.

Reyestrning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimiga “Kommunalik issiklik orayi” AJ, “Taxiatosh Issiqlik tarmoqlari” MChJ, “Nukus xalqaro aeroporti” DUK, “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK kirgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy boʻlimi roʻyxatidan “Toshisiqquvvati” DUK, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK, “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” DUK, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Zenit” MChJ, “Fayz” MChJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ, “Toshkent issiqlik markazi” DUK, “Podemnik” AJ, “Oʻzelektroapparat-Elektrosheld” MChJ, “SOUTH-WEST TERMINAL” MChJ, “ATM LOGISTIK” MChJ, “Suvsoz” DUK, “Toshkent suv taʼminoti” UK, “ROSINFORMSERVIS” ShK va “Toshkent devor panellari zavodi” MChJ joy olgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog