O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida kasbiy qayta tayyorlov kurslari boshlandi

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2018-yil 14-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisi hamda Bosh vazir o‘rinbosarining 2018-yil 12-fevraldagi 309-son topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish to‘g‘risida» buyrug‘i e’lon qilindi.

Foto: Uza.uz

Unda asosan maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali kadrlar tayyorlash va ularning pedagogik ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekistonda joylashgan barcha pedagogika yo‘nalishiga ixtisoslashgan Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar seminar-trening kurslari olib borishga jalb etildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, defektologiya (logopedya), amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyachisi mutaxasisliklari bo‘yicha kasbiy mahoratni shakllantirish vazifa sifatida belgilab olindi.

Yuqoridagi vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilgan o‘quv jarayonlari joriy yilning fevral oyidan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida yo‘lga qo‘yildi. O‘quv kurslarida maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyachisining kasbiy mahorati va kompetentligi; maktabgacha pedagogika; maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari; maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va gigienasi asoslari; nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi; matematik tasavvurlarni shakllantirish; jismoniy tarbiya; tabiat bilan tanishtirish va tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikalarini tinglovchilarga yetkazish jarayonida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishda interaktiv usullardan samarali foydalanish usullari kabi ko‘nikmalar berib boriladi.

Oliy ta’lim muassasasini bitirgan mutaxassislik va nomutaxasislik yo‘nalishlaridagi barcha pedagogik qobilyatiga ega shaxslar seminar jarayonlariga 4 oy davomida qatnashishlari mumkin.

Belgilangan vazifalarning barchasi O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlarning bilim va tajribaga ega bo‘lishida, psixologik yondashuvlar asosida maktabgacha ta’limni chuqurlashtirib, munosib kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Fikr bildirish

Latest from Blog